Livandagi vaziyat keskinlashganidan beri Isroilning Livandagi hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 1318 kishiga yetdi.
Bu haqda CNN telekanali mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining yangilangan hisobotiga tayanib xabar beradi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida hujumlarda kamida 50 kishi halok bo‘lgan.
Oldingi kun, 2 martdan beri halok bo‘lganlar soni 1268 kishiga yetgan edi.