Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Livan mamlakat janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining mandatini uzaytirishni so‘radi

Livan mamlakat janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining mandatini uzaytirishni so‘radi

Livan, Isroilning kuchli qarshiligiga qaramay, BMTning Livan janubidagi tinchlikparvar kuchlarining mandatini 2026 yildan keyin ham uzaytirishni so‘ramoqda.

Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.

BMT Xavfsizlik Kengashiga yo‘llagan maktubida Bayrut UNIFIL missiyasining 2026 yil 31 dekabrda tugashi "vaqtdan oldin" bo‘lishini ta’kidladi va amaldagi rejimni cheklangan muddatga uzaytirishni so‘radi.

Fransiya va Xavfsizlik Kengashining boshqa ko‘plab a’zolari Livanning iltimosini qo‘llab-quvvatladilar. 1978 yilda tashkil etilgan UNIFILda hozirda 7000 dan ortiq xodim mavjud.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh ilgari Isroil rasmiylarini jangovar harakatlar tufayli tinch aholi orasida qurbonlar soni ortib borayotganini aytib, Livan janubidagi harbiy operasiyani to‘xtatishga chaqirgan edi.

Avvalroq Isroil mudofaa vaziri Israel Kas Isroil qo‘shinlari "Hizbulloh" kuchlari qurolsizlantirilmaguncha Livanni tark etmasligini aytgan edi.

Kiritildi: 08:15 14.09.2026. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!