Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Livan janubidagi janglarda yana to‘rt nafar isroillik askari halok bo‘ldi

Livan janubidagi janglarda yana to‘rt nafar isroillik askari halok bo‘ldi

Livan janubidagi janglarda yana to‘rt nafar isroillik askari, jumladan bir mayor va kapitan halok bo‘ldi.

Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, gap bir zahiradagi mayor, ikkita zahiradagi kapitan va zaxiradagi serjant haqida ketmoqda.

Armiya departamenti matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, harbiylar Livan qishloqlaridan birida «Hizbulloh» bilan janglarda halok bo‘lgan. To‘qnashuvda 14 nafar isroillik askarning ham yaralangani bildirildi.

30 sentyabr kuni quruqlikdan hujum boshlanganidan beri Livandagi janglarda halok bo‘lgan Isroil askarlari soni 33 nafarga yetdi.

Kiritildi: 21:26 27.10.2024. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!