Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Livan Isroil bilan chegaradagi qo‘shinlari sonini 10 mingga ko‘paytiradi

Livan Isroil bilan chegaradagi qo‘shinlari sonini 10 mingga ko‘paytiradi

Isroil o‘z nazorati ostida qolgan beshta hududdan qo‘shinlarini olib chiqib ketishi bilanoq Livanning janubiy chegarasidagi qo‘shinlar soni 10 mingga yetkaziladi.

Bu haqda respublika prezidenti general Jozef Aun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi bilan Baabda saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.

"Mamlakat janubida Livan armiyasi va BMT tinchlikparvar kontingentidan tashqari hech qanday qurolli kuchlar bo‘lmaydi. Litani daryosining janubida qo‘shinlarimiz soni 10 ming nafarga yetkaziladi", - dedi u.

Prezident 2025 yil 31 avgustda tugaydigan BMTning Livandagi Muvaqqat kuchlari (UNIFIL) mandatini uzaytirish bo‘yicha Londonning qo‘llab-quvvatlashiga ishonishini ta’kidladi. "Hozirgi vaziyat BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyusiyasi to‘liq amalga oshirilgunga qadar tinchlikparvar kuchlar mintaqada qolishini taqozo etmoqda", — dedi u.

Beyrutga qisqa muddatli tashrif bilan kelgan vazir Lammi, o‘z navbatida, Britaniya-Livan munosabatlarining mustahkamligiga ishora qilib, Livanga barcha sohalarda, xususan, harbiy sohada yordam berishga va’da berdi.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!