Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ham Isroilni Livandagi harbiy operasiyalarni to‘xtatishga chaqirdi.
Kallasning fikricha, Isroil “Hizbulloh”ning so‘nggi hujumlaridan so‘ng o‘zini himoya qilish huquqiga ega, ammo javob harakatlari aholining ommaviy ko‘chishiga olib kelishi va vaziyatni yanada beqarorlashtirishi mumkin.
Kallas Livan va uning aholisini urushga jalb qilish xavfi haqida ogohlantirib, diplomatiya va o‘t ochishni to‘xtatishga qaytish Livanni tartibsizlikdan saqlab qolish uchun eng yaxshi imkoniyat ekanini bildirdi.
"Isroil dushanbaga o‘tar kechasi Livanda “Hizbulloh” harakatiga qarshi quruqlikdagi cheklangan amaliyotini boshladi. Quruqlikdagi kuchlar kiritilishidan oldin Isroil mudofa kuchlari Livanning Bayrut janubiy chekkasini kuchli havo hujumlari bilan ishg‘ol qildi. Bu harakatlar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Hizbulloh”ningning Eronga hujum qilgani uchun qasos olish maqsadida Isroilga raketa va dronlar uchirishiga javob edi”, deyiladi xabarda.