Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Litvada ishlash uchun ruxsatnoma olishda o‘zbekistonliklar yetakchi bo‘ldi

Litvada ishlash uchun ruxsatnoma olishda o‘zbekistonliklar yetakchi bo‘ldi

Litva markaziy osiyolik muhojirlaga mavsumiy ishlash uchun ruxsatnomalar berishni deyarli uch baravar oshirdi. Bu haqda mamlakatning Bandlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yilning birinchi choragida 363 ta shunday ruxsatnoma berilgan. 2024 yilning shu davrida bu raqam 122 tani tashkil etgan. Eng ko‘p ruxsatnoma quyidagi davlatlar fuqarolariga berilgan:

  • O‘zbekiston – 42 foiz;
  • Tojikiston – 34 foiz;
  • Qirg‘iziston – 6 foiz.

Ularning 53 foizi yo‘l qurilishida ishlagan, 14 foizi oshpaz bo‘lgan, 7 foizi qassob, 5 foizi esa qulupnay teruvchi, farroshlar va qurilish ishchilari bo‘lib ishlagan.

Litva mehnat bozori bu yerga pul ishlash maqsadida vaqtinchalik ishlash uchun kelgan chet elliklar uchun tobora ko‘proq ochilmoqda, dedi Bandlik xizmatining xorijliklarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Ernest Varnayte.

Ma’lumot o‘rnida, Litva Markaziy Osiyo fuqarolari uchun migrasiya siyosatini kuchaytiradi. Mintaqa davlatlarining o‘nga yaqin fuqarosiga terrorchilik tashkilotlari bilan aloqasi va radikallashuvi ehtimoli tufayli Litvaga kirish taqiqlangan. Litva bosh vaziri viza berish jarayonida endi madaniy yaqinlikka ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini aytgandi.

Kiritildi: 11:24 15.05.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!