Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Litva TIV: Vilnyus, Riga va Varshava Belarus bilan chegarani butunlay yopish masalasini muhokama qiladi

A A A
Litva TIV: Vilnyus, Riga va Varshava Belarus bilan chegarani butunlay yopish masalasini muhokama qiladi

Litva tashqi ishlar vaziri Agne Bilotayte Litva, Latviya va Polsha 28 avgust kuni Belarus bilan chegarani to‘liq yopish bo‘yicha jamoaviy qaror qabul qilish imkoniyatini muhokama qilishini aytdi.

Bu haqda Lrytas portali xabar bermoqda.

“Agar shunday qaror bo‘lsa, bu bir davlatning emas, balki butun mintaqaning qarori bo‘lishi juda muhim. Sizni ishontirib aytmoqchimanki, biz buni texnik darajada qilyapmiz. 28 avgust kuni Varshavada uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uch davlat rasmiylari muzokaralar davomida bunday “sinxronizasiya” qanday bo‘lishi kerakligini muhokama qilmoqchi.

Kiritildi: 18:07 16.08.2023. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!