Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Litva Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni 2027 yil oxirigacha uzaytirdi

Litva  Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni 2027 yil oxirigacha uzaytirdi

Litva hukumati Rossiya va Belarusga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar amal qilish muddatini 2027 yil oxirigacha uzaytirishni tasdiqladi. Qaror vazirlar mahkamasi tomonidan ma’qullangan.

Mazkur cheklovlar 2023 yil aprelida qabul qilingan qonun asosida joriy etilgan bo‘lib, u Ukraina xavfsizligiga tahdid solayotgan davlatlarga nisbatan milliy darajada sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutadi. Ilk bor ushbu qonun 2026 yil mayigacha amal qilishi belgilangan edi.

Hukumat ta’kidlashicha, sanksiyalarni uzaytirishga mintaqadagi keskin geosiyosiy vaziyat, shuningdek, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash zarurati sabab bo‘lgan. Yangilangan qaror Litvaga Rossiya va Belarus fuqarolari hamda kompaniyalariga nisbatan cheklov choralarini qo‘llashni davom ettirish imkonini beradi.

Kiritildi: 23:32 28.01.2026. O'qildi: 145 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!