Litva hukumati Vilnyus xalqaro aeroporti osmonda noma’lum narsalar paydo bo‘lishi sababli yopilganini tasdiqladi.
Bu haqda Inqirozlarni boshqarish milliy markazi ma’lum qildi.
"Taxminan havo bo‘shlig‘ida ob-havo sharlari aniqlangan", — deyiladi xabarda.
Litva tomoniga ko‘ra, bu sharlardan kontrabandachilar qo‘shni Belarusdan sigaret kontrabandasi olib o‘tishda keng foydalanmoqda.
Aeroport ishi 21:30 (Toshkent vaqti bilan 00:30) atrofida to‘xtatildi.