Litva piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi konvensiyadan chiqadi. Bu haqda Delfi nashri xabar berdi.
Nashrning xabar berishicha, Litva parlamenti (Seym) piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasidan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Konvensiyadan chiqish uchun 107 deputat ovoz berdi, 3 nafari betaraf qoldi, qarshi ovoz berganlar bo‘lmadi. Litvaning konvensiyadan chiqishi uchun kamida 85 deputatning roziligi kerak edi.
Delfi'ning ma’lum qilishicha, konvensiyadan chiqish qarori qabul qilinganidan so‘ng olti oy ichida kuchga kiradi.
Piyodalarga qarshi minalarni taqiqlovchi Ottava konvensiyasi 1997 yili imzolangan bo‘lib, unga 164 davlat qo‘shilgan. Rossiya, AQSH, Xitoy, Hindiston va Pokiston bu kelishuvga qo‘shilmagan.
2024 yil mart oyida Latviya, Litva, Estoniya va Polsha mudofaa vazirlari o‘z hukumatlariga mazkur konvensiyadan chiqishni tavsiya etgan edi. Ular mintaqada xavfsizlik holati "sezilarli darajada yomonlashganini" va Rossiya hamda Belarus bilan chegaradosh NATO davlatlariga harbiy tahdidlar "ancha ortib ketganini" ta’kidlagan edi.