Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Litva hukumati Rossiya va Belarus bilan chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda — DW

 Litva hukumati Rossiya va Belarus bilan chegarada xavfsizlik choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda — DW

Mamlakat Mudofaa vaziri Dovile Shakalanening so‘zlariga ko‘ra, chegarada bir necha darajali mustahkamlash ishlari olib borilishi, jumladan, piyodaga qarshi va tankka qarshi minalar o‘rnatilishi mumkin.

"Mintaqaviy hamkorlar ushbu maqsadga erishish uchun Yevropa Ittifoqidan mablag‘ jalb etish niyatida", deyiladi Litva Mudofaa vazirligi bayonotida.

Polsha ham bir necha kun oldin Rossiya va Belarus bilan chegarada piyodalaiga qarshi minalar joylashtirish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi. Bundan oldin esa Polsha Boltiqbo‘yi davlatlari bilan birgalikda Ottava kovensiyasidan chiqishga qaror qilgan edi. Ottava kovensiyasi unda ishtirok etuvchi davlatlarga o‘zlarining piyodalarga qarshi minalarini yo‘q qilish va ularni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan uskunalarni demontaj qilish majburiyatini yuklaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva, Latviya va Polsha Minsk qo‘zg‘atgan migrasiya inqirozidan sababli Belarus bilan chegarada devor qurgan edi. Latviya ham Rossiya bilan chegarasida to‘siqlar o‘rnatgan.

Kiritildi: 23:17 23.03.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!