NATOning "Griffin Lightning" deb nomlangan xalqaro harbiy mashg‘ulotlari doirasida ittifoqchi davlatlarning vertolyotlari Litva hududi, jumladan, chegara hududlarida past balandliklarda parvoz qiladi.
Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi xabar berdi.
"Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Litva hududida 3 maydan 23 maygacha bo‘lib o‘tadi. Litva aholisi uchun eng sezilarli qismi shu shanba kuni boshlanadi. Gap nemis harbiy vertolyotlarining Litva havo hududida ham kunduzi, ham tungi parvozlari haqida bormoqda", — deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi mamlakatga 30 ga yaqin Germaniya harbiy vertolyotlari (TIGER jangovar vertolyotlari, NH90 transport vertolyotlari, CH-53 og‘ir yuk ko‘taruvchi vertolyotlar va EC135 yengil ko‘p maqsadli vertolyotlar) yetkazib berilishini ma’lum qildi.