Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Litva bosh vaziri korrupsiya mojarosi fonida iste’foga chiqdi

Litva bosh vaziri korrupsiya mojarosi fonida iste’foga chiqdi

Mamlakat prezidenti Gitanas Nauseda bosh vazir Gintautas Paluskas iste’foga chiqqanini ma’lum qildi va bu qarorni olqishladi, deb xabar bermoqda BNS agentligi. Shuningdek, Paluskas Litva Sosial-demokratik partiyasi (LSDP) raisi lavozimini ham tark etadi.

LRT nashrining yozishicha, bosh vazir Vilnyus shahar hokimiyatiga yetkazilgan zararni o‘z vaqtida qoplamagani hamda qarindoshiga tegishli kompaniyaning 200 ming yevro imtiyozli kredit olishi bilan bog‘liq mojarolarga aralashgan.

O‘tgan haftada Nauseda Paluskasga jamoatchilikning savollariga asosli javob berish yoki iste’foga chiqish masalasini ko‘rib chiqish uchun ikki hafta muhlat bergan edi.

Gintautas Paluskas o‘tgan yil dekabr oyidan beri, oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng tuzilgan hukumat qasamyod qilganidan keyin, Litva bosh vaziri lavozimini egallab kelayotgan edi.

Kiritildi: 19:00 31.07.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!