Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 2024 yil 14 noyabrdagi qaroriga asosan “A.F.Lizing” korxonasi foydasiga qarzdor “M.A.”dan 169,3 mln. so‘m lizing qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Boyovut tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorga tegishli "Li 9" (LIXIANG L9) elektromobili xatlandi.
Natijada, qimmatbaho avtoulovidan ajralishni istamagan qarzdor 169,3 mln. so‘m lizing qarzini to‘liq to‘lab berdi.
Shuningdek, qarzdorlik sabab yuzaga kelgan jami 15,2 mln. so‘m davlat boji bilan ijro yig‘imini ham to‘laydigan bo‘ldi.