Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Leyboristlar uyg‘ur genosidini tan olish haqidagi fikrini o‘zgartirdi

Leyboristlar uyg‘ur genosidini tan olish haqidagi fikrini o‘zgartirdi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lammi saylovoldi kampaniyasidagi va’dalariga qaramay, Xitoyning uyg‘ur musulmon ozligiga nisbatan munosabatini genosid deb e’lon qilish rejasidan voz kechdi, deb yozmoqda The Guardian.

2023 yilning mart oyida Lemmi agar saylovda g‘alaba qozonsa, Leyboristlar Xitoy uyg‘urlarga qarshi «genosid» uyushtirayotganini da’vo qilish uchun qonuniy yo‘llardan foydalanishini aytgan, buning uchun sheriklari bilan ko‘p tomonlama hamkorlik qilishga va’da bergandi. Ammo Tashqi ishlar vazirligi hozirda hukumat Britaniyaning Xitoy bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qilayotgani uchun bunday yondashuvdan uzoqlashdi.

Britaniya hukumatidagi manbaning The Guardian nashriga aytishicha, “genosid – vakolatli xalqaro sudlar tomonidan qabul qilinishi kerak bo‘lgan qaror”. 2021 yilda Leyboristlar partiyasi vakili bu masalani xalqaro sudlarga topshirishning o‘zi yetarli emasligini, chunki buning uchun Xitoy roziligi kerak bo‘lishi aytgandi.

Britaniyaning yangi hukumati saylovdagi va’dalaridan birinchi marta voz kechayotgani yo‘q. Avvalroq Britaniya bosh vaziri Key Starmer iyun oyida partiya manifesti e’lon qilingani, leyboristlar o‘z saylovchilariga "Falastin davlatchiligini, bu Falastin xalqining ajralmas huquqi"ni tan olishga va’da berganiga qaramay Falastin davlatini tan olish haqidagi fikrini o‘zgartirdi.

O‘tgan hafta Yevroparlament Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan qiynoqlarini qoralab, hibsga olinganlarni ozod qilishga chaqiruvchi yangi rezolyusiya qabul qildi.

Kiritildi: 17:00 21.10.2024. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!