Bugun 21 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Levandovski top-5 ligalarda gol urish bo‘yicha faqatgina Messi va Ronaldudan ortda qolmoqda

Levandovski top-5 ligalarda gol urish bo‘yicha faqatgina Messi va Ronaldudan ortda qolmoqda

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski La Liga doirasida «Sevilya»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

36 yoshli polshalik o‘yinning 24-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

39-daqiqada hujumchi hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Futbolchi «Barsa» safida so‘nggi 3 ta o‘yinda 7 ta gol urdi. Bungacha u «Alaves» bilan o‘yinda (3:0) xet-trik va «Yang Boyz»ga qarshi bahsda (5:0) dubl qayd etgandi.

Endilikda futbolchi Yevropaning kuchli 5 ligasida urgan gollari soni 366 taga yetdi. Faqat Lionel Messi (496) va Krishtianu Ronalduda (495) ko‘proq.

Levandovski bungacha «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublarida o‘ynagan.

Kiritildi: Bugun 10:35. O'qildi: 371 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!