Yangi Rim Papasi Lev XIV sun’iy intellektni (AI) insoniyatning jiddiy muammolaridan biri deb atadi. Bu haqda The Associated Press xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, pontifik o‘z papaligining qarashlarini bayon qilgan. U o‘zidan oldingi Fransiskning bir qator asosiy ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratishni davom ettirishga va’da berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu "zamonaviy dunyo bilan uning turli tarkibiy qismlari va voqeliklarida jasoratli va ishonchli muloqot"dan iborat edi.
"U sun’iy intellektni insoniyat duch kelayotgan asosiy muammolardan biri deb atadi va u inson qadr-qimmati, adolat va mehnatni himoya qilish uchun muammolar tug‘dirishini ta’kidladi," - deyiladi maqolada.