Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Leonardo di Kaprio BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlagan 16 yoshli Greta Tunbergni maqtadi

Leonardo di Kaprio BMT bosh konferensiyasida nutq so‘zlagan 16 yoshli Greta Tunbergni maqtadi

Amerikalik aktyor va tabiatning faol himoyachisi Leonardo di Kaprio shvesiyalik ekologiya faoli 16 yoshli Greta Tunbergga «zamonamiz yetakchisi» deya e’tirof qildi, deb yozmoqda «Izvestiya».

Aktyor Instagram’dagi sahifasiga Greta bilan birga tushgan suratini joyladi va qizaloqning «harakatsizlik davri o‘tdi» deya dunyo davlatlari rahbarlariga qilgan murojaati beiz ketmasligiga umid qilishini bildirdi.

«Tarixda dunyoni o‘zgartirishga qodir ovozlarning shunday baland yangrashi natijasida amalga oshgan burilish nuqtalari kuzatilgan. Greta Tunberg zamonamiz yetakchisiga aylandi. Tarix biz hozir qilayotgan ishlarimizga baho beradi, kelajak avlod uchun sayyoramizda tabiiy yashash sharoitlari uchun ezgu ishlarni amalga oshirishimiz shart», — deb yozgan Instagram’da Di Kaprio.

Shuningdek, aktyor Greta ortidan ergashayotgan yosh ekologiya faollari butun dunyoda amalga oshirayotgan ishlar kelajakka optimizm bilan qarashga imkoniyat berayotganligini ta’kidladi.

Greta Tunberg sentyabrda BMTda nutq so‘zlab dunyo yetakchilarini iqlim o‘zgarishlariga nisbatan beparvolik va «o‘z bolaligini yo‘qotilishi»da aybdor deb hisoblashini ma’lum qilgan. Keyinchalik AQSh prezidenti Donald Tramp qizni maqtagan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Greta Tunbergning faolligiga munosabat bildirib, ezgu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida bolalar va o‘smirlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini qayd etgandi. Qiz ikkala davlat rahbarining ham gaplariga hamohang ravishda Twitter profilidagi yozuvlarni o‘zgartirib qo‘ygan.

Kiritildi: 20:04 03.11.2019. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!