Viloyat gubernatori Aleksandr Drozdenkoning so‘zlariga ko‘ra, kechasi Leningrad viloyatida 18 ta dron urib tushirilgan.
"Kirishidagi sanoat zonasida yong‘in qayd etildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va LENOBLPOJSPAS mutaxassislari uni bartaraf etishga kirishdilar", — deb yozadi hukumat mulozimlardan biri.
Hujum fonida Pulkovo aeroporti ishini chekladi, kamida 17 ta aviareys kechiktirildi.
Kirishi shahrida Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri — "Kirishinefteorgsintez" (KINEF) joylashgan. U avvalroq ham bir necha bor dron hujumlariga uchragan edi, 2025 yil sentyabrida esa, ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar zavod quvvatlarining qariyb 40 foiziga zarar yetkazishga muvaffaq bo‘lgan.