Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

«Leapmotor»ga shartli ravishda avtomobillarni sotishga ruxsat berildi

«Leapmotor»ga shartli ravishda avtomobillarni sotishga ruxsat berildi

Bu haqda “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mart oyida “Leapmotor C16” avtomobillarida aniqlangan nomuvofiqliklar sababli sertifikatlash jarayoni vaqtincha to‘xtatilgan edi.

7 aprel kuni Xitoy kompaniyasi vakillari “O‘zTest”ga tashrif buyurib, muammo muhokama qilindi. 14 aprel kuni 2 ta C16 avtomobili qayta sinovdan o‘tkazildi va BMTning 10-son qoidasiga muvofiq deb topildi.

Shundan so‘ng “Leapmotor” kompaniyasiga shartli ravishda respublikada ushbu avto vositalarni muomalaga chiqarishga ruxsat berildi.

Kompaniyaga 3 ta shart bilan mamlakatda mahsulotlarini sotishga ruxsat berildi:
➖ Kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish va zararni qoplash uchun O‘zbekistondagi rasmiy vakilni belgilash;
➖ Turini ma’qullash uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
➖ Ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish va baholash majburiyatini olish.

Kiritildi: 09:34 15.04.2025. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!