17 noyabr kuni Fransiya va Buyuk Britaniya Ukrainaga o‘zlarining uzoq masofali SCALP va Storm Shadow raketalari yordamida Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat bergani haqida xabar bergan Fransiyaning Le Figaro gazetasi bu haqdagi ma’lumotni o‘z saytidagi maqoladan olib tashladi, deb yozmoqda "RIA Novosti".
Avvalroq matnda "Fransuz va Britaniya Ukrainaga Scalp/Storm Shadow raketalari yordamida Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun ruxsat bergani aytilgan edi. Yangilanishdan so‘ng, The New York Times va Agence France-Pressega tayanib, AQShning uzoq masofali raketalardan foydalanishga ruxsati haqidagi ma’lumotlar saqlanib qoldi.