Poytaxtimiz mezbonligidagi prof boks oqshomining asosiy janglari bo‘lib o‘tmoqda.
Havaskor boksda Olimpiada va Jahon chempionati g‘olibi, o‘zbekistonlik Lazizbek Mullojonov turnir doirasida Nigeriya vakili Monyasahu Muritador bilan bahs olib bordi.
Superog‘ir vaznda WBC CISBB kamari uchun kechgan 10 raundlik jangda Mullojonovning qo‘li baland keldi. Lazizbekning raqibi uchinchi raund davom etayotgan bir pallada jangni davom ettirmaslikka qaror qildi.
Bu orqali Mullojonov WBC CISBB kamarini qo‘lga kiritish bilan birgalikda prof boksdagi yettinchi jangida yettinchi g‘alabasini qayd etdi.