Kreml Pentagon e’lon qilgan Venesuelaga qarshi harbiy operasiyaga birinchi marta reaksiya bildirdi. Rossiya 2025 yil may oyida Karakas bilan strategik hamkorlik shartnomasi imzolagan edi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva xalqaro huquq normalariga amal qilinishi va Karib ahdudlarida vaziyatni beqarorlashtiruvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligini kutadi. U AQShning operasiyasi mintaqaviy xavfsizlik uchun jiddiy xatarlar keltirishi mumkinligini ta’kidladi.
Peskov Rossiya vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatishini bildirdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi reaksiyasi yanada keskin bo‘ldi. TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning narkotrafikka qarshi kurash bahonasida harbiy kuch qo‘llash qaroridan «juda xavotirda» ekanini aytdi. U bu harakatlarni Venesuelaning ichki ishlariga ochiqdan-ochiq aralashuv deb atadi.
Zaxarovaning ta’kidlashicha, narkotrafikka qarshi kurash kollektiv choralarni, emas balki «yakrar tomonlama kuch ishlatish»ni talab qiladi.
Rossiya–Venesuela hamkorligi kuchaymoqda
Rossiya va Venesuela 7 may 2025 yilda strategik sheriklik bo‘yicha shartnoma imzolagan. Shartnoma siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi. 21 oktyabrda Rossiya parlamenti hujjatni ratifikasiya qilgan.
2025 yil iyul oyida «Rostex» Venesuelada 7,62 mm kalibrli o‘q-dorilar ishlab chiqarish zavodini ochdi. Korxonaning yillik quvvati 70 million patronga yetadi. Keyinchalik AK-103 avtomatlarini ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan.
AQShning operasiyasi
14 noyabr kuni AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset operasiya “Southern Spear” («Janubiy nayza») boshlanganini e’lon qildi. Rasmiylar operasiya maqsadi narkotrafikka qarshi kurash va AQSh xavfsizligini ta’minlash ekanini bildirgan, ammo tafsilotlar oshkor qilinmagan.
Prezident Donald Tramp avvalroq Venesuelaga qarshi yerdagi harbiy operasiya haqida gapirgan hamda Nikolas Maduroni qo‘lga olish uchun 50 million dollar mukofot e’lon qilgan edi.
Amerikan OAV ma’lumotiga ko‘ra, AQSh Karib mintaqasida bir qator harbiy bazalarni tiklagan. Wall Street Journal yozishicha, Vashington narkotik tashishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan aerodrom va portlar ro‘yxatini belgilab olgan.
Shu orada Karib dengiziga USS Gerald R. Ford avianosesi kirib kelishdan avval Amerika qurolli guruhiga qo‘shilgan.