Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushdik, biroq mag‘lub bo‘ldik. Bu futbolda bo‘lib turadigan holat. Biz bugungi bahsdan to‘g‘ri xulosalar chiqarib olishimiz kerak. O‘zbekiston kuchli jamoa va ular Osiyoda o‘z o‘rnilariga ega.
Bugungi bahsda jamoamizning 10 nafar asosiy futbolchilarimizdan fuydalana olmadik. Tarkibning 90 foizi bugungi bahsda o‘ynmadi. Men O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi Marvan Usmon, Mahmud Sobir va Zalaka kabi yangi o‘yinchilarni o‘ynatdim, ular bu muhitga ko‘niksin.
Umuman olganda, men futbolchilarning ikkinchi bo‘limda O‘zbekistonga qarshi o‘yinidan mamnunman va Afrika Millatlar Kubogida g‘alaba qozonish uchun raqibga qarshi kuchli o‘yin ko‘rsatish zarurligini ta’kidladim. Birinchi bo‘limda g‘alati individual xatolar va himoyachilarning g‘alati xatti-harakatlari bo‘ldi, shu sabab O‘zbekiston ikkita gol urdi, ammo ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq jamoa bo‘ldik