Uni aeroportda TIV rahbari Baxtiyor Saidov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri ertaga Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vazirlarining IV konferensiyasida ishtirok etadi.
Tadbirda Afg‘oniston yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchi davlatlarning pozisiyalarini kelishish rejalashtirilgan.