Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Lavrov Rossiya G‘arb sanksiyalaridan jiddiy zarar ko‘rmaganini da’vo qildi

Lavrov Rossiya G‘arb sanksiyalaridan jiddiy zarar ko‘rmaganini da’vo qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb davlatlari tomonidan joriy etilgan sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmaganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, cheklovlardan Yevropa mamlakatlari ko‘proq iqtisodiy yo‘qotishlarga duch kelgan.

Tasnim News xabariga ko‘ra, Lavrov bu haqda «Kommersant’» gazetasi uchun yozgan maqolasida ma’lum qilgan.

«Noqonuniy sanksiyalar mamlakatimizga unchalik zarar yetkazmadi, aksincha, Yevropa uchun trillionlab yo‘qotishlarga olib keldi. Biz jiddiy yo‘qotishlarga duch kelmadik», — deb yozgan Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Lavrovning aytishicha, Moskva eksport yo‘nalishlarini dunyoning boshqa bozorlariga qayta yo‘naltirishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda Rossiya eksportining 80 foizi dunyoning turli mamlakatlariga, jumladan, 70 foizi Osiyo bozorlariga to‘g‘ri keladi.

Vazir Rossiya uglevodorodlar, oziq-ovqat mahsulotlari, o‘g‘itlar va raqamli texnologiyalarning ishonchli yetkazib beruvchisi bo‘lib qolayotganini ham ta’kidlagan.

Rossiya rasmiylari avval ham G‘arb sanksiyalari o‘z maqsadiga erishmaganini bir necha bor bildirgan. Prezident Vladimir Putin esa Rossiyani jilovlash va zaiflashtirishga urinishlar G‘arbning uzoq muddatli strategiyasining bir qismi ekanini aytgan.

Kiritildi: Bugun 17:57. O'qildi: 271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik