Bugun 10 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Lavrov Putinning maxsus vakili bilan o‘rindiq uchun tortishdi

Lavrov Putinning maxsus vakili bilan o‘rindiq uchun tortishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh bilan muzokaralar olib borish uchun o‘zaro kelishmovchilik mavjud bo‘lgan muzokarachilarni Saudiya Arabistoniga yubordi. Shaxsiy ziddiyat tufayli Rossiya delegatlari hayratga tushgan amerikaliklar ko‘z o‘ngida o‘rindiq talashib janjallashdi, deb xabar bermoqda Rossiyaning "Agentlik" loyihasi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab Saudiya Arabistoniga faqat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Putinning yordamchisi Yuriy Ushakovning borishi rejalashtirilgan edi. Biroq, Rossiya prezidenti kutilmaganda delegasiya tarkibiga o‘zining maxsus vakili Kirill Dmitriyevni qo‘shdi, ammo bu haqda Lavrovga xabar berilmadi.

Nashrning ta’kidlashicha, Lavrov "g‘azabga minib", Dmitriyevga muzokaralar xonasida o‘rindiq berishni rad etgan. Amerikaliklar bu holatni tushunmay kuzatib turishgan.

Manbalarga ko‘ra, Lavrov o‘rindiqni stoldan surib, shunday degan: "Agar u (Dmitriyev) ishtirok etmoqchi bo‘lsa, Vladimir Vladimirovich bu haqda shaxsan menga aytsin." Shundan so‘ng Dmitriyev jurnalistlar bilan suhbatlashish uchun zaldan yo‘lakka chiqib ketgan.

"Hamma Putinning oldiga bittadan boradi va u har biriga turli narsalarni aytadi. Shu sababli ham hech kim muzokaralarda Rossiyaning talablarini aniq ifodalay olmayapti," - deya ta’kidlaydi nashrning suhbatdoshi.

Kiritildi: 00:53 05.04.2025. O'qildi: 3567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!