Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, agar AQSh va Eron muzokaralar yakunlarida 2015 yilgi yadroviy kelishuvga yaqin natijaga erisha olsa, bu allaqachon katta muvaffaqiyat sifatida baholanadi.
U bu fikrni Liviya Milliy birlik hukumati tashqi ishlar rahbari bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi matbuot anjumanida bildirdi.
Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya hozirgi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaydi va tomonlar o‘zaro maqbul yechimga kelishi muhim ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, u Moskva AQShning Eron bo‘yicha muzokaralarida ham tahdidlar, ham murosaga doir signallarni ko‘rayotganini qayd etdi.