Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Latviya Rossiya va Belarus bilan chegaradagi uchta chegara o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopadi

Latviya Rossiya va Belarus bilan chegaradagi uchta chegara o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopadi

Latviya Rossiya va Belarus bilan chegaradagi uchta chegara o‘tkazish punktini piyodalar uchun yopadi. Endi Latviyaga avtomobilsiz kirish mumkin bo‘lmaydi.

Boltiqbo‘yi respublikasi Chegara xizmati taklifiga ko‘ra, 19 martdan boshlab Latviya-Belarus chegarasidagi “Paterniyeki” o‘tkazish punkti, shuningdek, Latviya-Rossiya chegarasidagi “Grebnevo” va “Terexovo” punktlari faqat avtomobil orqali kesib o‘tilishi mumkin bo‘ladi.

Chegara punktlarining qisman yopilishi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq geosiyosiy vaziyat bilan izohlanmoqda.

Latviya Davlat chegara xizmati rahbari Guntis Puyatsning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatga noqonuniy migrantlar oqimi kuchayib borayotganligi sababli chegara xizmati chegara punktlarini qisman yopish taklifi bilan chiqqan.

Kiritildi: 18:09 18.03.2025. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!