Latviya Rossiya va Belarus bilan chegarada mudofaa inshootlarini qurishda davom etmoqda, deb yozadi Baltnews.
Qayd etilishicha, ish rus, belarus va latviyalik xalqlarning fashizmga qarshi kurashdagi birligi sharafiga chegaralar tutashgan joyda barpo etilgan “Do‘stlik tepaligi” yodgorligi yonida olib borilmoqda.
Baltnews xabariga ko‘ra, yodgorlik majmuasi hududida beton bloklar o‘rnatilmoqda, tankga qarshi tipratikanlar o‘rnatilmoqda, tankga qarshi ariq qazilmoqda.