Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Latakiyadagi to‘qnashuvlarda 50 dan ortiq Suriya xavfsizlik kuchlari halok bo‘ldi

Latakiyadagi to‘qnashuvlarda 50 dan ortiq Suriya xavfsizlik kuchlari halok bo‘ldi

Suriyaning Latakiya viloyatida sobiq prezident Bashar al-Assadning qurolli tarafdorlari bilan to‘qnashuvda 50 dan ortiq xavfsizlik kuchlari halok bo‘ldi.

Bu haqda “TASS”GA tayanib, “Al Jazeera” telekanaliga mintaqaviy xavfsizlik rahbari ma’lum qildi.

“Viloyatdagi to‘qnashuvlarda Suriya xavfsizlik kuchlarining 50 dan ortiq xodimi halok bo‘ldi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.

Qayd etilishicha, Asad tarafdorlari reyd davomida hukumat qo‘shinlariga pistirma uyushtirgan.

Bir qancha davlatlar, jumladan Turkiya va Saudiya Arabistoni Suriyaning o‘tish davri hukumatini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlab, xavfsizlik va barqarorlikni saqlash hamda mamlakat kelajagiga xavf solishi mumkin bo‘lgan har qanday keskinlashuvning oldini olish zarurligini ta’kidladi.

Kiritildi: 05:32 08.03.2025. O'qildi: 2137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!