Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Lamin Yamal Messi bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi

Lamin Yamal Messi bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi

18 yoshli Lamin Yamal Chempionlar ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o‘yinda gol urdi, ammo "Barselona"ga g‘alaba qozonishda (3:3) yordam bera olmadi.

Ispaniyalik vinger 61-daqiqada darvozani ishg‘ol qilib, tabloda 2:2 hisobini o‘rnatdi. Ko‘p o‘tmay maydon egalari yana hisobda oldinga chiqib olishdi, 77-daqiqada esa "ko‘k-anorranglilar" mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi - avtogol yordam berdi.

- Goling bilan yana Messini eslatding, - dedi jurnalist Yamalga o‘yindan keyingi intervyusida.

- Yo‘q, yo‘q, Leo bunday gollardan mingtasini urgan, men o‘zimni u bilan taqqoslay olmayman. Men shunchaki o‘z yo‘limdan borishga va o‘z ustimda ishlashga harakat qilyapman," - deya Laminning javobini keltiradi ispan OAV.

"Barselona"ning yosh yulduzi joriy mavsumda o‘nta bahsda beshta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:03 06.11.2025. O'qildi: 1254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!