BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoda hozirda zamonaviy tarixdagi eng ko‘p amputasiyaga uchragan bolalar guruhi istiqomat qilmoqda.
Qizil Xoch tashkilotining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yil oktyabr oyidan beri 5000 dan 6000 gacha falastinlik oyoq-qo‘llaridan mahrum bo‘lgan.
Xosni Muhna ishlaydigan oddiy laboratoriyada ular jinoyatchi Isroilning davom etayotgan qamalini hisobga olib, qayta ishlangan materiallardan va qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalardan sun’iy a’zolar tayyorlamoqda.
"Biz Isroilning G‘azoga qarshi davom etayotgan urushi tufayli oyoq-qo‘llar yo‘qotilishi keskin ko‘paygan sharoitda amputasiyaga uchragan bemorlarga muhim xizmatlar ko‘rsatmoqdamiz," dedi laboratoriyaning aloqa bo‘yicha mas’ul xodimi Muhna Al Jazeera telekanaliga.
"Hozirgacha 507 ta yangi amputasiya holatini o‘rganib chiqdik va hozirda 306 nafar bemorga davolash muolajalari olib borilmoqda. Biroq, Isroilning bo‘g‘uvchi qamali va davom etayotgan hujumlari tufayli protez moslamalari va zarur materiallarning jiddiy yetishmovchiligiga duch kelmoqdamiz, bu esa amputasiyalar sonini kundan-kunga oshirmoqda."
Bemorlar, ayniqsa bolalar uchun, mahalliy ishlab chiqarilgan bu sun’iy a’zolar shunchaki vosita emas, balki hayot rishtalaridir.
"G‘azo shahridagi uyim bombardimon qilinganda yaralandim. Qo‘l-oyoqlarimdan ayrilsam-da, sun’iy a’zo olganimdan so‘ng yana umidga to‘ldim. Endi kundalik hayotimga qayta olyapman - bozorga boraman, do‘stlarimni yo‘qlayman va yana oddiy hayot kechiryapman. Alhamdulillah," - dedi Tolib ash-Shava Al Jazeera telekanaliga.