Bugun 12 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

La Liga «Real»ga shikoyat xatini yo‘lladi

A A A
La Liga «Real»ga shikoyat xatini yo‘lladi

La Liga prezidenti Xavyer Tebas hujumchi Vinisius Juniorning ijtimoiy tarmoqdagi posti sababli «Real»ga shikoyat xati yo‘lladi. Bu haqda Relevo xabar berdi.

Jarohati tufayli uyda o‘tirgan braziliyalik futbolchi o‘z jamoasining Chempionlar ligasi uchrashuvini tomosha qilayotganini aks ettiruvchi suratni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. Biroq, liga prezidenti futbolchining original emas, balki o‘g‘rincha translyasiyani tomosha qilayotganini payqadi.

Tebas endi «Real»ning barcha futbolchilari faqat original translyasiyalarni ko‘rishlarini talab qildi. Shikoyat xati ortidan Vinisius o‘z postini o‘chirib tashladi.

Kiritildi: 23:52 29.11.2024. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!