Bugun 23 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

La Liga rahbari «Real»ni «Barselona» bilan keskin munosabatlar fonida tanqid qildi

La Liga rahbari «Real»ni «Barselona» bilan keskin munosabatlar fonida tanqid qildi

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Real» va «Barselona» o‘rtasidagi keskinlik, shuningdek hakamlik masalasidagi bahslar haqida fikr bildirdi.

«Mening fikrimcha, hozirgi keskinlik manbai “Barselona” emas. Qolgan klublar ham emas. Bu — “Real Madrid”, u hammaga qarshi: “Barselona”ga, hakamlarga… hammaga qarshi. Bunga, menimcha, noto‘g‘ri va xato yo‘l bilan, noto‘g‘ri narrativ yaratish orqali qo‘l urilayotir. Ushbu narrativning mohiyati shundaki, go‘yo hozirgi hakamlik xatolari 2019 yoki 2017 yillardagi voqealar oqibati ekan. Hakamlar hozir bosim ostida yoki bir tomonlama qaror chiqarayotgandek tasavvur yaratishga urilishyapti. Bu juda xavfli, chunki bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ammo ushbu narrativ maqsadli ravishda shakllantirilmoqda va oxir-oqibat keskinlikning oshishiga olib kelmoqda», — deya Tebasning so‘zlarini keltiradi Sport.es.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Real» prezidenti Florentino Peres Negreyra ishini futbol tarixidagi eng jiddiy mojaro deb atagan edi.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!