Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

La Liga prezidenti: "Mbappe va Xolandlarning Ispaniya chempionatiga kelishini juda xohlayman"

A A A
La Liga prezidenti: "Mbappe va Xolandlarning Ispaniya chempionatiga kelishini juda xohlayman"

La Liga prezidenti Xaver Tebas Kilian Mbappe va Erling Xolandning kelajagi haqida gapirdi.

"Men Xolandni «Barselona»ga, Mbappeni esa «Real Madrid»ga o‘tishini istardim. Ikki buyuk futbolchi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi ikkita klubida to‘p surgan o‘tmishdagidek omadli bo‘lishimizni istayman. Bu masalada men «Real» muxlisidan ko‘ra, ko‘proq La Liga muxlisiman.

Agar Mbappening shartnomasi yozda tugasa va«PSJ» bilan yangi shartnoma imzolamasa, futbolchining klubdan ketish ehtimoli haqiqatan ham yuqori bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari yozayotgan yagona klub - bu «Real».

Umid qilamanki, omadimiz keladi va «Real» bu transferni amalga oshiradi. Mbappe «Real» va La Ligaga ko‘p narsa bera oladi" - dedi Xaver Tebas.

Kiritildi: 20:09 23.02.2022. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!