Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Levante»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yana turnir peshqadamiga aylandi

La Liga. «Barselona» o‘z maydonida «Levante»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yana turnir peshqadamiga aylandi

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Levante"ni qabul qildi va 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

O‘yinda gollarni Mark Bernal, Frenki de Yong va Fermin Lopes kiritishdi.

Kataloniya jamoasi ushbu g‘alaba orqali barcha musobaqalardagi ikki o‘yinlik mag‘lubiyatli seriyasiga chek qo‘ydi. "Barselona" ochkolari sonini 61 taga yetkazib, "Real"ni (60 ochko) ortda qoldirgan holda La Liga turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.

"Levante" esa qatorisiga to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 18 ochko bilan jadvalning 19-pog‘onasida bormoqda.

La Liga. 25-tur
22.02.2026 | 20:15
«Kamp Nou», Barselona

«BARSELONA» — «LEVANTE» — 3:0

Gollar: Bernal 4’ (1:0), de Yong 32’ (2:0), Fermin Lopes 81’ (3:0).

«Barselona»: X. Garsiya, Joau Kanselu, Martin (Arauxo, 88), E. Garsiya, Kunde, Olmo (Fermin Lopes, 66), Bernal (Pedri, 66), de Yong, Rafinya, Levandovski (Torres, 66), Yamal (Bardji, 88).

«Levante»: Rayan, Sanches, Matturro, de la Fuente, Tolyan (Peres, 89), Olasagasti, Rey, V. Garsiya (Kortes, 46), Alvares (Losada, 84), Tunde (Abed, 70), Romero (Etta Eyong, 70).

Ogohlantirishlar: Martin (45), Bernal (59) — Tunde (20).

Kiritildi: 23:33 22.02.2026. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!