Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

La Liga. «Barselona» safarda g‘alaba qozonib, «Real» bilan farqni yanada oshirishdi

La Liga. «Barselona» safarda g‘alaba qozonib, «Real» bilan farqni yanada oshirishdi

«Barselona» Ispaniya La Ligasining 34-turi doirasida safarda «Osasuna»ni mag‘lub etdi — 2:1.

81-daqiqada Robert Levandovski hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tgach, Ferran Torres mehmonlarning ustunligini mustahkamladi. Maydon egalari hujumchisi Raul Garsiya esa 88-daqiqada bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

«Barselona» (88 ochko) La Ligada ketma-ket o‘ninchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va jadvalda peshqadamlikni davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan «Real»dan 14 ochkoga o‘zib ketishgan.

«Osasuna» 42 ochko bilan turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.

«OSASUNA» — «BARSELONA» — 1:2

Gollar: 81' 0:1 - Robert Levandovski (Markus Reshford), 86' 0:2 - Ferran Torres (Fermin Lopes), 88' 1:2 - Raul Garsiya (Xavi Galan)

«Osasuna»: Errera, Galan, Boyomo, Katena, Rozye, Monkayola (Osambela, 85), Torro (Barxa, 85), Moro, Moyses Gomes (Oros, 70), R. Garsiya, Budimir (Kiva, 70; Bretones, 86).

«Barselona»: J. Garsiya, Joau Kanselu, Martin, Kubarsi, E. Garsiya (Arauxo, 82), Pedri (Bernal, 88), Gavi (de Yong, 62), Fermin Lopes, Olmo (Torres, 62), Bardji (Reshford, 62), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Monkayola (74) — Gavi (24), E. Garsiya (60).

Kiritildi: Bugun 10:35. O'qildi: 318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!