Bugun 1 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

La Liga. "Barselona" "Elche" maydonida g‘alaba qozondi

La Liga. "Barselona" "Elche" maydonida g‘alaba qozondi

Ispaniya La Ligasining 22-turidan o‘rin olgan "Elche" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga yetdi. Bahsda mehmonlar 3:1 hisobidagi g‘alabani nishonlashdi

Uchrashuvda hisobni "Barselona" hujumchisi Lamin Yamal oltinchi daqiqada ochdi. Uchrashuvning 29-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Alvaro Rodriges muvozanatni tikladi. 40-daqiqada Ferran Torres "ko‘k-anorranglilar"ni oldinga olib chiqdi. 72-daqiqada hujumchi Markus Reshford "Elche" darvozasiga uchinchi to‘pni kiritib, o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ispaniya chempionatining 22 o‘yinidan so‘ng "Barselona" ochkolarini 55taga yetkazib, peshqadam bo‘lib turibdi. "Elche" 24 ochko bilan 14-pog‘onaga joylashgan.

Keyingi turda "Barselona" 7 fevral kuni o‘z maydonida "Malyorka"ga qarshi bahs olib borsa, "Elche" shu kuni "Real Sosyedad" mehmoni bo‘ladi.

Elche - Barselona - 1:3

Gollar: Yamal, 6 (0:1). Rodriges, 29 (1:1). Torres, 40 (1:2). Reshford, 72 (1:3)

Elche: Penya, Chust, Donald, Affengryuber (Petro, 74), Aguado (Redondo, 56), Mendosa, Valera, Pedrosa, Diangana (Neto, 60), Andre Silva (Boyar, 60), Rodriges (Sepeda, 74)

Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, E. Garsiya, Balde, Kunde (Arauxo, 84), de Yong, Fermin Lopes (Kasado, 85), Olmo (Bernal, 62), Rafinya (Reshford, 46), Yamal, Torres (Levandovski, 62)

Ogohlantirishlar: Donald, 38. Mendosa, 76 - de Yong, 90

Kiritildi: Bugun 07:38. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!