Bu haqda Yonhap agentligi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib xabar berdi.
Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan, ehtimol, Rossiya armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shin va harbiy texnika jo‘natishga hozirlik ko‘rmoqda. Ko‘p razvedka ma’lumotlari tahlili Shimoliy Koreya Rossiyaga joylashtirilgan qo‘shinlari sonini yo rotasiya qilishga yoki ko‘paytirishga tayyorlanayotganini ko‘rsatmoqda, deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Seul KXDR Rossiyaga hujumchi dronlar bilan ta’minlashi mumkinligini taxmin qilmoqda. Harbiylar birinchi marta noyabr oyida e’lon qilingan uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqarishning ba’zi belgilarini qayd etdi.
Janubiy Koreya va AQSh razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR rasmiylari Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga 10-12 ming harbiy xizmatchini jo‘natgan.