Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

KXDRdan birinchi harbiylar guruhi Kursk viloyatiga yetib keldi — Ukraina razvedkasi

KXDRdan birinchi harbiylar guruhi Kursk viloyatiga yetib keldi — Ukraina razvedkasi

"23 oktyabr kuni jangovar hududda Shimoliy Koreya askarlarini ko‘rishgan. Bungacha ular Rossiya poligonlarida tayyorgarlikdan o‘tishayotgan edi", deya xabar berdi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi.

Mashg‘ulotlar Rossiya sharqidagi beshta poligonda bo‘lib o‘tdi.

Ukraina razvedka xizmatlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 12 mingga yaqin harbiy xizmatchisi, jumladan, 500 ofiser va uchta generali Rossiyaga o‘tkazilgan. Ularni tayyorlash va moslashishi uchun Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus-Bek Yevkurov javobgar etib tayinlangan.

Kiritildi: Bugun 16:08. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!