Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

KXDR yadroviy sinovlari 1400 ta zilzilaga sabab bo‘lgan

KXDR yadroviy sinovlari 1400 ta zilzilaga sabab bo‘lgan

Shimoliy Koreyaning Pungeri poligonida o‘tkazilgan yerosti yadroviy sinovlari portlashlardan bir necha yil o‘tganidan keyin ham zilzilalarni keltirib chiqargan. Bu haqda Science ilmiy jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda aytilgan.

Olimlar 2008–2025 yillar davomida Xitoy va Janubiy Koreyada qayd etilgan seysmik ma’lumotlarni tahlil qilib, sinovlar o‘tkazilgan Mantxap tog‘i hududida 1399 ta kichik zilzilani aniqlagan. 2006–2017 yillar oralig‘ida Shimoliy Koreya bu yerda oltita yadroviy sinov o‘tkazgan. 2017 yil sentyabrida sodir bo‘lgan so‘nggi va eng kuchli portlash, ekspertlar bahosiga ko‘ra, 100–250 kilotonna quvvatga ega bo‘lgan va magnitudasi 6,3 bo‘lgan zilzilani keltirib chiqargan.

Tadqiqotchilar sinovlar to‘xtatilganidan keyin seysmik faollik asta-sekin pasayadi, deb kutgan edi. Ammo aksincha bo‘lgan: so‘nggi portlashdan taxminan uch hafta o‘tgach, yerosti silkinishlari soni ko‘paya boshlagan, zilzilalarning o‘zi esa kuchaygan.

Tadqiqot mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, silkinishlarning bir qismi ma’lum bo‘lgan geologik yoriq bo‘ylab, yana bir qismi esa ilgari noma’lum bo‘lgan yoriq chizig‘i hududida sodir bo‘lgan. Olimlarning fikricha, yadroviy portlashlar Yer qobig‘idagi mavjud yoriqlarni kuchaytirgan va avval faol bo‘lmagan uchastkalarni qayta harakatga keltirgan.

Kompyuter modellashtirishi ham Mantxap tog‘ining o‘zi muayyan rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan. Portlashlar tog‘ jinslarining tuzilishini buzib, yer ostida kuchlanish to‘planishiga olib kelgan. Bu kuchlanish keyinchalik asta-sekin zilzilalar ko‘rinishida tarqalgan.

Kiritildi: 21:00 19.09.2026. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!