KXDR Rossiyaga yanada ko‘proq askar jo‘natishga tayyorlanmoqda va ilk marta Moskvaga dronlar bermoqchi – Yonhap
"Ko‘plab razvedka ma’lumotlarini har tomonlama baholash Shimoliy Koreya Rossiyadagi qo‘shinlarida rotasiyani amalga oshirish yoki joylashtirishni ko‘paytirishga tayyorlanayotganidan dalolat beradi", deya Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi bayonotidan iqtibos keltirgan agentlik.
Shu bilan birga, KXDR hozirda Rossiyaga raketa uchirish qurilmalari va o‘ziyurar artilleriya tizimlarini yetkazib bermoqda.
"Shimoliy Koreyaning kamikadze dronlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga harakat qilayotganiga oid ba’zi belgilar ham bor. Bu haqda birinchi marta noyabr oyida Kim Chen Inning qurol zavodiga tashrifi vaqtida xabar berilgan edi", deya qo‘shimcha qilinadi qo‘mita bayonotida.
Avvalroq Janubiy Koreya razvedkasi KXDR harbiylarining urushdagi yo‘qotishlarini taxminan 1100 kishi, shu jumladan 100 ga yaqin askar halok bo‘lganini e’lon qilgan edi.