Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi ittifoq mustahkamlansa, Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga 100 minggacha askar yuborishi mumkin. Bu haqda 17 noyabr, yakshanba kuni Bloomberg agentligi G20'ning bir qator mamlakatlari dastlabki baholari bilan tanish bo‘lgan suhbatdoshlariga tayanib xabar berdi.
KXDR bunday qadamga borishi shart emas, deya tushuntirdi agentlik suhbatdoshlari. Bundan tashqari, bunday miqyosdagi harbiy qo‘llab-quvvatlash yuz minglik qo‘shinni bir martalik o‘tkazishni anglatmaydi, balki Rossiya Federasiyasida Shimoliy Koreya kuchlarining rotasiyasini hisobga olgan holda umumiy soni bo‘ladi, deya ta’kidladi Bloomberg manbalari.