Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

KXDR iyul yoki avgust oyida Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun qo‘shimcha askarlarini yuborishi mumkin — Reuters

KXDR iyul yoki avgust oyida Rossiyaga Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etish uchun qo‘shimcha askarlarini yuborishi mumkin — Reuters

Agentlik bu haqda Janubiy Koreya razvedkasiga tayanib xabar bermoqda.

Razvedka idorasi xulosasiga ko‘ra, Rossiya yaqin oylar ichida Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday taxminlarga asos bo‘lgan omillar orasida yaqinda Rossiya Xavfsizlik kengashining yuqori lavozimli rasmiysining Pxenyanga tashrifi hamda Shimoliy Koreya armiyasining yangi bo‘linmalarini shakllantirish jarayoni keltirilgan.

"Bundan tashqari, Pxenyan Moskvaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni davom ettirmoqda. KXDR Rossiyaga artilleriya va raketalar yetkazib berish evaziga sun’iy yo‘ldosh uchirish va yuqori aniqlikda nishonga olish tizimlari bo‘yicha texnik maslahatlar olayotgan bo‘lishi mumkin", deya yozmoqda Reuters.

Kiritildi: 13:55 27.07.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!