Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ko‘zni asrash uchun eng oson mashq tavsiya qilindi

Ko‘zni asrash uchun eng oson mashq tavsiya qilindi

Oftalmolog Mixail Konovalovning aytishicha, kompyuterda ishlash payti ko‘rish qobiliyatini himoyalashda oddiygina mashqning foydasi katta.

Shifokorlar kompyuter qarshisida uzoq vaqt o‘tirish ko‘plarda quruq ko‘z sindromiga sababchi bo‘lishini aniqlashgan. Buning oqibatida ko‘zlar qizaradi, yot jism tushgandek tuyuladi va alaloqibat ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib keladi.

Buning oldini olish uchun kompyuterda ishlash payti ko‘zni mashq qildirib turish kerak, dedi mutaxassis. Har 20 daqiqada tanaffus qilib, ko‘zlarni ikki soniyaga yumish kerak. Konovalovning aytishicha, bu foydali ko‘nikma shakllanishi uchun 76 kun kerak bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, bu usulning quruq ko‘z sindromiga qarshi samarali ekanligi fanda tasdiqlangan.

Kiritildi: 12:38 12.02.2025. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!