Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Ko‘zlari ojiz 69 yoshli ayol qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Ko‘zlari ojiz 69 yoshli ayol qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Buxoroda ko‘zlari ojiz 69 yoshli ayol qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Milliy” telekanalida xabar qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak qo‘shnisi bilan bir necha yillik do‘stona aloqada bo‘lgan ayolning ko‘zlari ko‘rmagan. Shu sababli erkak tez-tez uning uyida mehmon bo‘lib turgan.

Nafaqa pulini olgan ayol buni nishonlash uchun qo‘shnisi bilan biroz spirtli ichimlik ichgan, shundan so‘ng mast erkak ayolni ichkilikka yana taklif etib, haqorat qila boshlagan. Ayblanuvchi esa haqoratli so‘zlarni eshitgach, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan erkakka hujum qilgan.

“Men bunday bo‘lishini sira istamagandim. Unga doim qo‘limdan kelganicha yordam berib kelganman, ammo menga nisbatan hurmatsizlik qilib, haqoratlagani va ichkilikka taklif etavergani uchun jahl ustida hujum qildim. Ko‘zlarim ko‘rmagani sababli uni o‘ldirib qo‘yaman deb sira o‘ylamagandim”, degan ayblanuvchi ayol.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudida ayolga hukm o‘qildi. U Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Kiritildi: 22:47 20.08.2025. O'qildi: 1196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!