Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Kurtua «Real»ga o‘tadi, «Chelsi»ga Ispaniyadan boshqa darvozabon kelmoqda

A A A
Kurtua «Real»ga o‘tadi, «Chelsi»ga Ispaniyadan boshqa darvozabon kelmoqda

«Chelsi» belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuani «Real»ga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.

Sky Sports xabariga ko‘ra, ushbu transfer doirasida Madrid klubidan xorvatiyalik yarim himoyachi Mateo Kovachich Londonga bir yil muddatga ijaraga keladi.

O‘zini Madrid klubiga qo‘yib yuborishni talab qilib, klub mashg‘ulotlarini boykot qilgan 26 yoshli darvozabonni esa «Real» 35 million funtga baholagan.

O‘z navbatida, «Chelsi» Kurtua o‘rniga Ispaniyadan o‘rinbosar topgan. «Atletik» klubi va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini London klubida davom ettiradi.

Marca xabariga ko‘ra 23 yoshli darvozabon yaqin vaqtlar ichida Londonga uchib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Uning transferi 71 million funtga (80 million yevro) baholanmoqda.

Shu tariqa, ispaniyalik darvozabon futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabon maqomini bir oy muddat avval «Roma»dan «Liverpul»ga 65 million funt evaziga transfer bo‘lgan Alissondan olib qo‘yishi mumkin bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda Kepa jamoasi safida 31 uchrashuvda ishtirok etib, 44 gol o‘tkazgan. Kurtua esa «Chelsi»ning barcha turnirlar doirasidagi 46 uchrashuvida darvozani qo‘riqlab, 47 gol qo‘yib yuborgan.

Kiritildi: 11:48 08.08.2018. O'qildi: 1591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!