Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Ko‘pchilik bilmaydigan qiziqarli faktlar

Ko‘pchilik bilmaydigan qiziqarli faktlar

Quyidagi faktlar dunyo haqidagi fikrlaringizni yanada kengaytiradi, deya yozmoqda Rambler nashri.

1. Mushuklar och qolganda, egasidan ovqat talab qilib, yig‘iga o‘xshash miyovlashadi.

2. Odamni o‘ldirish uchun uni 1 000 000 chivin chaqishi kerak.

3. Eriyotgan muz vishillaydi. Chunki muzdagi havo pufagi erish tufayli yoriladi.

4. Arslon, yo‘lbars, gepard va yaguar irillay oladi. Boshqa mushuksimonlar bunday qila olmaydi.

5. Shaxmatda Koinotdagi atomlardan ko‘ra ko‘proq kombinasiyalar mavjud.

6. Monarx kapalaklar – kanniballardir.

7. “Mappet-shou”da barcha qo‘g‘irchoqlar chap qo‘lga taqilgan. O‘ng qo‘lda esa personajlarning og‘zi qimirlatilgan.

8. Leopardsimon qurbaqalar yemakni tomog‘iga ko‘zi bilan itaradi.

9. “Forbs” jurnali e’lon qilishicha, dunyodagi eng boy o‘ylab topilgan personaj – bu Skruj Makdakdir. 2013 yili uning davlati 65,4 milliard dollar sifatida baholangan.

10. Tuyalarning eng katta populyasiyasi – Avstraliyada.

Kiritildi: 07:15 26.08.2019. O'qildi: 76875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!