Surunkali buyrak kasalligi tishlarni yo‘qotish xavfining ortishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chonnam universiteti tadqiqotchilari Koreya Milliy salomatlik va ovqatlanish tadqiqotining 40 yoshdan oshgan 16 125 nafar kishi ma’lumotlarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.
Tadqiqot mualliflari surunkali buyrak kasalligi 20 dan kam tishlari bo‘lgan odamlarda sezilarli darajada tez-tez uchraganligini aniqladilar. Ishtirokchilarning yoshi, jinsi, daromad darajasi, zararli odatlari, yondosh kasalliklari va boshqa omillarni hisobga olgandan keyin ham bu ko‘rsatkich saqlanib qoldi. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, og‘iz bo‘shlig‘ining bunday holati bilan surunkali buyrak kasalligi ehtimoli taxminan uchdan bir barobar oshgan.
Olimlar surunkali buyrak kasalligi bilan og‘riganlar uchun profilaktika va davolash dasturlarini rejalashtirishda tishni parvarish qilishga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ta’kidladilar.